Ansambl
Ushbu kitob O'zbekiston davlat konservatoriyasi tomonidan chop etilgan bo'lib, musiqa san'ati sohasidagi talabalar uchun mo'ljallangan. Kitobda ansambllar haqida ma'lumotlar, ansambl ijrochiligi xususiyatlari va uslubiy tahlillar asosida ijrochilik repertuarini kengaytirishga qaratilgan musiqiy asarlar keltirilgan. Shuningdek, kitobda o'zbek mumtoz musiqasi, bastakorlar va kompozitorlar tomonidan yaratilgan xalq cholg'ulari uchun asarlar ham o'rin olgan.