Кўп компонентли боғловчилар ишлаб чиқаришда бархан қумни қўлланилиши.
Maqolada ko'p komponentli bog'lovchilar ishlab chiqarishda barxan qumini qo'llash imkoniyatlari o'rganilgan. O'zbekiston hududidagi barxan qumlari asosida KKbog'lovchilarning xossalarini o'rganish, ulardan maksimal darajada foydalanish, ekologik muammolarni yechish, miqdoriy jihatdan optimal tarkibini aniqlash maqsadida tadqiqot ishlari olib borilgan. Tadqiqotda portlandtsement miqdori, barxan qumi miqdori, S-3 superplastifikator va bog'lovchini solishtirma yuzasi kabi texnologik omillar asosida tahlil o'tkazilgan. Bog'lovchi faolligini aniqlashda standart qorishmalar bajarilgan, tajriba namunalari normal sharoitda va issiqlik yordamida ishlov berish rejimida sinovdan o'tkazilgan. Natijada olingan tenglamalar orqali turli omillarning bog'lovchi faolligiga ta'siri aniqlangan. Barxan qumini qo'llashning afzalliklari, optimal tarkib va olinadigan bog'lovchining markasi haqida xulosalar keltirilgan.