Кимёвий технология
Ushbu o'quv qo'llanma kimyoviy texnologiya fani bo'yicha laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazishga mo'ljallangan. Unda suvning qattiqligi va uni yo'qotish usullari, sulfid rudalarini kuydirish va sulfat kislotasi olish, ammiakni oksidlash va nitrat kislotasi olish, gips asosida bog'lovchi mahsulotlar olish, metall va metallmaslarning korroziyaga chidamliligini o'rganish hamda molibden konsentratini kuydirish va undan ammoniy paramolibdati olish kabi mavzular yoritilgan. Har bir laboratoriya ishi bo'yicha nazariy ma'lumotlar, tajriba o'tkazish tartibi, hisobot tuzish, nazorat savollari va adabiyotlar keltirilgan.