Muomala madaniyati
O‘zbekiston Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan tavsiya etilgan ushbu darslik, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tavsiyasi bilan chop etilgan. Darslikda muomala madaniyatining insonlararo muloqotdagi ahamiyati, uning mezonlari, shaxs kamolotidagi zaruriyati hamda milliy xususiyatlari bilan bog‘liq masalalar ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, chiroyli muomalaning axloqiy fazilat sifatida shaxs kamolotiga ta’siri, uning milliy va umuminsoniy qadriyatlar tizimida tutgan o‘rni, shakllanish tarixi hamda muomala madaniyatining etiket va taqdimot marosimi bilan bog‘liq zamonaviy ko‘rinishlarining nazariy va amaliy jihatlari ilmiy tahlil qilingan. Darslik oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan pedagoglar hamda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullanuvchi jamoat birlashmalari xodimlarining faoliyatida foydalanish mumkin.