Akademik litsey o`quvchilarida jismoniy tarbiya mashg`ulotlari orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish hususiyatlari
Ushbu kitobda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotgani, yosh avlodni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash vazifalari, qiz bolalarni sportga jalb etish, jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, turli yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish xususiyatlari, jismoniy tayyorgarlik qonuniyatlari va darslarni tashkil etish metodikasi yoritilgan.