Boshlang`ich sinf o`quvchilarini matn tuzish orqali nutqini o`stirish
Ushbu kitob boshlang'ich sinflarda ona tili oʻqitish jarayonida matn ustida ishlash va oʻquvchilarning nutqini oʻstirishga qaratilgan usullar, metodlar va pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy yondashuvlar haqida maʼlumot beradi. Unda matnning mazmuni, nutqning ravon va erkin boʻlishi, ijodiy fikrlash, matn yaratish koʻnikmalarini shakllantirish, lugʻat ustida ishlash orqali nutqni oʻstirish kabi muhim masalalar atroflicha tahlil qilingan.