Сhizmachilik
Ushbu kitob oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan chizmachilik faniga oid metodik qo'llanma bo'lib, unda geometrik va proyeksion chizmachilik bo'limlariga doir mustaqil ishlash vazifalari, mavzularni chuqurroq o'rganishga oid topshiriqlar, test savollari, savolnomalar majmuasi va boshqotirmalar keltirilgan. Qo'llanma chizmachilikning nazariy va amaliy asoslarini o'zlashtirishga, fazoviy tasavvurni rivojlantirishga va mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.