Neft va gaz kоnlarini ishlatish jihoz va uskunalari
Ushbu darslikda neft va gaz quduqlarini turli ishlash hollarda qoʻllaniladigan jihozlar, quvurlar, quvurlarni tayyorlashda qoʻllanadigan materiallar, pakerlar va yakorlar hamda quduq ichki jihozlari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan. Quduqlardan suyuqlik va gazni chiqarish uchun qoʻllanadigan jihozlar, jumladan favvora usulida, gazlift usulida va chuqurlik nasoslari usulida qoʻllanadigan jihozlar toʻliq bayon etilgan. Shtangali va shtangasiz chuqurlik nasoslari, qatlam bosimini saqlab turish uskunalari, bir necha qatlamni bir quduq orqali bir vaqtning oʻzida ishlatish sharoitidagi jihozlar, neft gaz qatlamlariga taʼsir etish jarayonini bajarish uchun ishlatiladigan jihozlar, qatlamni gidravlik yorish, quduqlarga kislotali ishlov berish, quduqda taʼmir ishlarini bajarish uchun jihozlar va uskunalar, quduqlarni oʻzlashtirish va kapital taʼmirlash uchun agregatlar, neft va gazni yigʻish va ishlatish kondagi kompressor stansiyalari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan.
Darslik oliy oʻquv yurtlarida neft va gaz yoʻnalishlari boʻyicha ta’lim olayotgan talabalar, magistrlar hamda neft va gaz sohasida ishlayotgan mutaxassislar uchun moʻljallangan.