Б.Қўчқарова
Ushbu kitob avtomatik boshqaruv nazariyasiga bag'ishlangan bo'lib, unda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, sistemalarning dinamik xususiyatlarini tahlil qilish va sintez qilish, diskret sistemalarning turg'unligini aniqlash, nochiziqli sistemalarda avtotebranishlarni aniqlash kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Kitobda berilgan topshiriqlarni MATLAB dasturida hisoblash usullari keltirilgan. Shuningdek, sistemalarning turg'unligini tahlil qilish, logarifmik chastotaviy xarakteristikalarini qurish, korrektlovchi qurilmalarni tanlash va ularni hisoblash, berk sistemalardagi xatoliklarni hisoblash, impulsli sistemalarning turg'unligini tahlil qilish va o'tkinchi jarayonlarini hisoblash masalalari ham yoritilgan.