Aksanometrik proyeksiyalar
Ushbu o'quv-metodik qo'llanma oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun aksanometrik proyeksiyalar fanini chuqur o'rganishga qaratilgan. Qo'llanmada aksanometrik proyeksiyalarning nazariy asoslari, turlari, ularni qurish usullari va amaliy mashg'ulotlarda qo'llanilishi batafsil yoritilgan. Kitobda turli shakl va predmetlarning aksanometrik proyeksiyalarini chizishga doir namunalar va bosqichma-bosqich ko'rsatmalar berilgan. Shuningdek, talabalar mustaqil ishlashi uchun grafik topshiriqlar ham keltirilgan.