🔍

Atrof-muhit muhofazasi

Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanma "Atrof-muhit muhofazasi" fanidan amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish boʻyicha oʻqituvchiga moʻljallangan. Qoʻllanma Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan 2015 yilda tasdiqlangan oʻquv dasturiga mos ravishda ishlab chiqilgan. Unda atmosfera va gidrosferani tashlama iflosliklardan muhofaza qilish usullari va uskunalari, hamda muhitni tozalashga doir hisob-kitob ishlari keltirilgan. Iqtisodiy zarar va chiqindilarni joylashtirish boʻyicha toʻlovlar ham shartli soʻm hisobida berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Atrof - muhitning tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy va antropogen omillari

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Navoiy davlat pedagogika institutining Tabiatshunoslik fakulteti talabasi Shamsiyeva Mahzuna Toshqulovnaning "Atrof-muhitning tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy va antropogen omillari" mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi hisoblanadi. Unda atrof-muhitning dolzarb ekologik muammolari, ularning inson salomatligi va biosferaga ta'siri, shuningdek, muammolarni hal etish choralari ko'rib chiqilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi

Ushbu kitob 'Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi' fanining mohiyati, rivojlanish tarixi, ekologik tushunchalar, biosferaning tuzilishi, moddalar almashinuvi, energiya oqimi, ekosistemalar, populyatsiyalar ekologiyasi, biotik olam, abiotik olam, atmosferaning roli, tuproq, suv, hayvonot dunyosi, o‘simliklar, insonning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi, ekologik muammolar, jumladan, Orol dengizi muammosi, suv resurslarining ifloslanishi, qishloq xo‘jaligi va sanoatning ekologiyaga ta’siri, tashqi muhit omillari, iqlim o‘zgarishi, atmosferaning ifloslanishi, global ekologik muammolar, O‘zbekistonda ekologik vaziyat va uni muhofaza qilish choralari hamda yangi energetik manbalarning tabiatga ta’siri kabi muhim masalalar yoritilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

Ushbu darslikda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi haqida asosiy tushunchalar berilgan. Oʻquv adabiyoti nazariy-amaliy qismdan iborat boʻlib, unda ekologiya, tabiatdan foydalanish, atrof-muhit muhofazasi masalalari va muammolari qarab chiqilgan. Xususan, organizmlar, ularning muhit bilan oʻzaro ta’siri, populatsiyalar, biosenozlar, ekologik tizimlar, biosfera va uning evolutsiyasi, odam ekologiyasi, biosferaga antropogen ta’sirlar, tabiatdan to‘g‘ri foydalanish va atrof-muhit muhofazasining asosiy tamoyillari, sanoat va qishloq xo‘jaligi ekologiyasi asoslari, ekologiya huquqi kabi masalalar tavsifi bayon etilgan. Darslik kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, undan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari ham foydalanishlari mumkin.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%