Bog' va Parklarning dekorativ plastikasi
Ushbu o'quv qo'llanma O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi dizayn san'ati yo'nalishi uchun mo'ljallangan bo'lib, unda bog' va parklarning dekorativ plastikasini yaratish asoslari, o'simliklar va hayvonlar stilizatsiyasidan foydalanish, mozaika san'ati, favvoralar qurilishi va zamonaviy landshaft dizayni kabi muhim mavzular yoritilgan. Qo'llanma talabalarga ushbu soha bo'yicha nazariy bilimlar berish bilan birga, amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga ham qaratilgan. Unda turli uslublar, materiallar va texnikalar haqida ma'lumotlar, shuningdek, ko'plab rangli va sifatli illustratsiyalar keltirilgan.