Difficulties in learning to write and read left-handed children
Ushbu maqola chap qo'l bola o'quvchilarga yozishni o'rgatishda duch keladigan muammolarni aniqlash va ularni hal qilish bo'yicha yo'l-yo'riqlar beradi. Ushbu mashqlar chap qo'l o'quvchilarga maktabning birinchi kunlaridan boshlab tezda moslashishga yordam beradi. Maqolada chap qo'llilikning sabablari, uning turlari (genetik va kompensator) va buning bolalarning rivojlanishiga ta'siri tahlil qilinadi. Shuningdek, bolaning ustun qo'lini aniqlash uchun turli xil sinov mashqlari va ularning natijalarini tahlil qilish usullari keltirilgan. Maqolada chap qo'llilikni turli xil rivojlanish nuqsonlari bilan bog'lash mumkinligi va bu holatlarda ta'lim berish usullarini moslashtirish muhimligi ta'kidlanadi.