Ekologiya
Ushbu qo'llanma "Ekologiya" fani bo'yicha laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun mo'ljallangan bo'lib, unda qishloq xo'jaligi va sanoat korxonalari chiqindilaridan biogaz olish texnologiyalari, oqova suvlarni tozalash usullari (mexanik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik), atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar va ularning ruxsat etilgan me'yorlarini hisoblash kabi mavzular chuqur yoritilgan. Har bir mavzu nazariy va amaliy qismlardan iborat bo'lib, keltirilgan formulalar va hisob-kitoblar amaliy mashg'ulotlarni bajarishda yordam beradi. Shuningdek, kitobda "Ekologiya" fanining dolzarb muammolari, jumladan, ifloslanish va uning oldini olish choralari ham atroflicha ko'rib chiqilgan.