GIDROGAZODINAMIKA
Ushbu uslubiy ko'rsatma "Gidrogazodinamika" fanidan o'qitiladigan laboratoriya ishlarining mavzulari va mazmunini, shuningdek, faning tarkibini, informatsion uslubiy ta'minotini, asosiy fanlar bilan bog'liqligini o'z ichiga oladi. Unda suyuqlik va gazlarning gidrostatik bosimlari, harakat qonunlari, energiya yo'qotilishi, gidrogazodinamikaning xalq xo'jaligida va texnikada qo'llanilishi, nasoslar quvvati va foydali ish koeffitsientini hisobga olgan holda bajariladigan amaliy ishlar bayon etilgan. Ko'rsatmada talabalar uchun zamonaviy qurilmalar asosida laboratoriya ishlarini o'tkazish bo'yicha tavsiyalar berilgan va hisoblash-grafik ishlariga oid ma'lumotlar sodda va tushunarli shaklda yoritilgan.