"Geometriya" 8-klass
Ushbu darslik umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 8-sinfi uchun moʻljallangan boʻlib, geometriya fanining asosiy tushunchalari va qoidalarini oʻz ichiga oladi. Unda koʻpburchaklar, uchburchaklar, parallelogrammlar, romblar, kvadratlar, trapesiyalar kabi mavzular chuqur oʻrganilgan. Shuningdek, teorema va ularning isbotlari, masalalar yechish usullari hamda amaliy mashqlar bilan boyitilgan. Darslikda koʻrsatilgan qoʻshimcha materiallar va tarixiy maʼlumotlar oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishini oshirishga qaratilgan. Trigonometriyaning asosiy tushunchalari, koordinatalar tizimi va vektorlar bilan tanishuv ham ushbu darslikning muhim qismlaridan hisoblanadi.