Jamoada hamshiralik ishi
Ushbu kitob jamoadagi hamshiralik ishining nazariy va amaliy jihatlarini qamrab oladi. Unda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy yordam ko'rsatish, kasalliklarning oldini olish, jismoniy rivojlanishni baholash usullari, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va sanitariya-epidemiologiya xizmatining rolini tushuntirish kabi muhim mavzular yoritilgan. Kitobda shuningdek, qishloq va shahar aholisiga davolash-profilaktik yordamni tashkil etish hamda oilaviy hamshira va bolalar kasalxonasi ishining mazmuni batafsil bayon etilgan.