Ma’ruza matn
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va O'zbekiston Respublikasi Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti Informatika o'qitish metodikasi kafedrasi tomonidan tayyorlangan "ALGORITMLASH" fanidan ma'ruza matni hisoblanadi. Kitob informatika o'qitish metodikasi ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Unda algoritmlarning asosiy tushunchalari, turlari, xossalari, samaradorligini baholash, tahlil qilish usullari, dasturlash tillarida qo'llanilishi, shuningdek grafikalar va ularning dasturlashdagi o'rni haqida keng qamrovli ma'lumotlar berilgan.