Mikroiqtisodiyot
Ushbu kitobda "Mikroiqtisodiyot" fanining asosiy tushunchalari, tamoyillari va uni o`rganish usullari chuqur tahlil qilingan bo`lib, nazariy qoidalar va ularning amaliyotda qo`llanilishi keng yoritilgan. Kitobda bozor tizimi, talab va taklif nazariyalari, narxlarning shakllanishi, firma xarajatlari, elastiklik, bozorlar turlari (raqobatli, monopol, oligopol), hamda ijtimoiy ne’matlar va umumiy resurslar kabi muhim mavzular o`z ichiga olgan. Shuningdek, kitobda davlat siyosati va uning bozorga ta’siri, tavakkalchilik va uning iqtisodiy oqibatlari, hamda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi foydasi kabi masalalar atroflicha ko`rib chiqilgan. Kitobning har bir bobida keltirilgan nazariy ma’lumotlar amaliy misollar, keys-stadi va nazorat savollari bilan mustahkamlangan.