Operatsion hisob
Ushbu uslubiy qo'llanma Farg'ona politexnika institutining "Oliy Matematika" kafedrasi tomonidan tayyorlangan bo'lib, 300000 "Ishlab chiqarish texnik soha" hamda 320000 "Ishlab chiqarishlar texnalogiyasi" va 310000 "Muhandislik ishi" ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun "Oliy Matematika" fanidan "Operatsion hisob" moduli bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi. Qo'llanmada talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan namunaviy misollar va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berilgan. Kitobda Laplas almashtirishlari, ularning xossalari, tasvirlarni differensiallash va integrallash, siljish teoremalari, ko'paytirish teoremalari, ratsional kasrlarni yoyish usullari, differensial tenglamalar sistemasini yechish kabi muhim mavzular yoritilgan. Shuningdek, kitob mexanika, elektr zanjirlari kabi muhandislik masalalariga differensial tenglamalarning tadbiqlari bilan ham tanishtiradi.