Tashqi maydonli Potts modeli uchun Gibbs o’lchovlari
Ushbu bitiruv malakaviy ishi "Tashqi maydonli Potts modeli uchun Gibbs o'lchovlari"ga bag'ishlangan. Unda Keli daraxtidagi Potts modeli uchun Gibbs o'lchovlarining mavjudligi va xususiyatlari o'rganilgan. Ish kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar ro'yxati va internet manbalaridan iborat. Ishda statistik fizikaning asosiy masalasi – fazali o'tish masalasi ko'rilgan, bunda berilgan gamiltonian uchun limit Gibbs o'lchovlarini topish usullari tadqiq etilgan. Shuningdek, ishlash jarayonida Keli daraxti va Guruh o'rtasidagi bog'liqliklar aniqlangan hamda ishda keltirilgan teoremalar va isbotlar to'liq bayon etilgan.