Psixogigiena fani bo’yicha o’quv metodik kompleks
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Psixologiya kafedrasi tomonidan tayyorlangan «PSIXOGIGIENA» fani boʻyicha oʻquv metodik kompleksi bakalavriat bosqichi talabalari uchun moʻljallangan. Kitobda psixogigienaning predmeti, vujudga kelishi, ijtimoiy ahamiyati, shuningdek, stress, uyqu, mehnat, jinsiy munosabatlar, bolalar va oʻsmirlar psixogigienasi kabi muhim mavzular atroflicha yoritilgan.