Qo’zg’alishli ba’zi model operatorlarining diskret spektri
Ushbu maqolada L²(T) fazosida aniqlangan operatorlarning diskret spektri o'rganiladi. Xususan, muayyan turdagi operatorlar uchun xos qiymatlarning soni va joylashuvi tavsiflanadi. Veyl teoremasi va minimaks prinsipi kabi usullar yordamida operatorlarning muhim spektri va undan tashqarida joylashgan xos qiymatlarning mavjudligi aniqlanadi. Maqolada turli parametrlar (μ va λ) uchun operatorlarning xos qiymatlari joylashuviga ta'sirini ko'rsatuvchi teoremalar keltirilgan.