Harakatdagi ob’ektlarning inertligi va traektoriyasining nazaiy ifodalanishi
Ushbu malakaviy bitiruv ishi harakatdagi ob'ektlarning inertligi va traektoriyasi nazariy ifodalanishiga bag'ishlangan. Unda zarralar harakati yo'nalishlari va inertliklarni o'zgarish qonunlari, relyativistik dinamika, yadroviy o'lchamlar sohasidagi fizik hodisalar, umumlashgan koordinatalar va real fizikaviy jarayonlarda zarrachalar parchalanishi kabi mavzular chuqur tahlil qilingan. Ishda zamonaviy fizika yutuqlari, jumladan, relyativistik mexanika va kvant mexanikasining asosiy qoidalari, hamda ularning amaliy qo'llanilishi yoritilgan. Zamonaviy tezlatgichlar yordamida zarrachalarni yorug'lik tezligiga yaqin tezliklargacha tezlashtirish, yadroviy hodisalar, massa defekti va bog'lanish energiyasi kabi murakkab tushunchalar sodda va tushunarli tarzda bayon etilgan. Shuningdek, harakat qonunlarini ifodalashda turli koordinata sistemalaridan (Dekart, silindrik, sferik) foydalanish usullari ko'rsatib berilgan. Ishning asosiy maqsadi relyativistik dinamikaning asosiy tenglamalarini tahlil qilish va ularning amaliy ahamiyatini ko'rsatishdan iborat. Ishning yakunida zamonaviy fizikaning dolzarb muammolari va ularning yechimlari bo'yicha tavsiyalar berilgan.