Sh.Seytov poeziyasinda ekologiya temasi
Ushbu ish Sh.Seytov ijodini, xususan uning o'zbek adabiyotida va qoraqalpoq adabiyotida o'ziga xos o'rin tutgan ekologiya mavzusidagi she'rlari va nasriy asarlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda shoirning "Jollar", "Ushpelek", "Tawlardan saza", "Soqpagim menin qaydasan?", "Qiyal atawı" kabi she'riy to'plamlari tahlil qilinib, janr xususiyatlari, mavzu doirasi, gumanistik g'oyalari, falsafiy mazmuni va o'ziga xos uslubiy jihatlari ochib berilgan. Shuningdek, "Sárkarda hám túyege aylangan arqarlar haqqinda qobız benen jırlanatuģın ertek-dástan" va "Qıyal atawı" kabi dostonlarida ekologiya muammolarining aks etishi, ularda folklor motivlari va uslublarining qo'llanilishi yoritilgan. Ishda S.Seytov ijodining o'zbek va qoraqalpoq adabiyotshunosligida o'rganilishi hamda ushbu muammolarga bag'ishlangan ilmiy adabiyotlar tahlili ham keltirilgan.