Sug‘orilmaydigan maydonlarda tuproqning vertikal qatlami bo‘yicha 137Cs radionuklidining to‘planishini o‘rganish.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi Oʻzbekistonning ayrim hududlari tuproqlarida 137Cs zaxiralari va migratsiyasini oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda 137Cs ni aniqlashning usullari ishlab chiqilgan, tuproq namunalarida 137Cs ning miqdori, vertikal taqsimlanishi, migratsiya jarayonlari va ularning tuproq xususiyatlari, geografik va iqlim sharoitlariga bog'liqligi o'rganilgan. Natijalarga koʻra, Oʻzbekiston hududida 137Cs ning global va mintaqaviy choʻkish darajasi yuqori ekanligi, shuningdek, 137Cs migratsiyasining tuproq relefi va namlik darajasiga bog'liqligi aniqlangan.