“Tarkibadaxshon” dostoni syujetining genezisi va evolyutsiyasi
Ushbu tadqiqot “Tarkibadaxshon” dostonining syujetini, uning shakllanish bosqichlarini, mifologik asoslarini va badiiy evolyutsiyasini oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda ushbu eposning jahon folkloristikasidagi va oʻzbek milliy epik ijodiyotidagi oʻrni, an’anaviyligi hamda oʻziga xosliklari tahlil qilingan. Shuningdek, doston syujetining genezisi, motivlari, obrazlari, mifologik va islomiy tasavvurlar taʼsiri, badiiy-estetik evolyutsiyasi hamda baxshishunoslik maktablari bilan aloqadorligi atroflicha koʻrib chiqilgan. Tadqiqotda “Tarkibadaxshon” dostonining Chori Baxshi Umirov va Qahhor Baxshi Rahimov variantlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning badiiy jihatlari va farqlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida “Oʻzbek folklori”, “Folklorshunoslik asoslari” va boshqa tegishli fanlar boʻyicha oʻqitish jarayonida hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishda foydalanish mumkinligi ta’kidlangan.