Mustaqil ta’lim
Ushbu uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida talabalarning mustaqil ta'lim olishini tashkil etishga bag'ishlangan. Unda ma'ruza tinglash, kitob va manbalar bilan ishlash, o'qilganlarni matnlashtirish, seminar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlariga tayyorlanish, zachot va imtihonlarga tayyorlanish, yozma kurs va malakaviy bitiruv ishlari, aqliy mehnatni tashkil etish va rejalashtirish kabi asosiy bo'g'inlari bo'yicha uslubiy maslahatlar muhokama qilingan. Qo'llanma bakalavr va magistrantlar, malaka oshirish institutlari tinglovchilari, ilmiy tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.