Хизматлар соҳаси (овқатланишни ташкил этиш ва сервис) бакалавриат йўналишлари, 5А610101 - Хизматлар соҳаси (овқатланиш корхоналарида ишлаб чиқариш ва хизмат кўрсатишни ташкил этиш) магистратура мутахассислиги учун
Ushbu kitob ovqatlanish korxonalari, jumladan restoran, kafe, bar, oshxona, bufet va boshqa muassasalarda mijozlarga xizmat ko'rsatishning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda ovqatlanish turlari, ularning texnologik jarayonlari, xodimlarning vazifalari, xizmat ko'rsatish usullari, taomnoma tuzish va undagi ovqatlar haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, turli millat vaqt o'tishi bilan asta-sekin rivojlanib borayotgan ovqatlanish madaniyati, xorijiy turistlarga xizmat ko'rsatishning o'ziga xos jihatlari, bayramlar va tantanalarda xizmat ko'rsatish tartiblari, shuningdek, restoran va bufetlarni jixozlash, taomnoma tuzish, reklama va xavfsizlik qoidalariga oid keng qamrovli ma'lumotlar keltirilgan. Kitobda ovqatlanish sohasi xodimlari uchun zarur bo'lgan barcha asosiy ma'lumotlar jamlangan.