Texnologiyaga kirish
Ushbu kitob tikuvchilik va charm buyumlari texnologiyasi asoslarini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, materialshunoslik, asbob-uskunalar, tikuv choklari, furnitura, texnika xavfsizligi va mahsulot sifatiga qo'yiladigan talablarni qamrab oladi. Unda kiyim konstruksiyasining asosiy elementlari, bichish texnologiyasi, qo'l va mashina ishlarining bajarilish tartibi batafsil yoritilgan. Kitob talabalar, kasb-hunar kollejlari o'quvchilari va tikuvchilikka qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.