Мутахассисликка кириш
Ushbu kitobda psixologiya faniga kirish, uning predmeti, vazifalari, ob'ekti va ahamiyati, psixologik bilimlar olami, psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi, psixologik maktablar, psixologiya rivojiga hissa qoʻshgan ulug' olimlar, psixologiya tarmoqlari, psixologiya fani rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, psixolog-mutaxassislar tayyorlash muammolari kabi mavzular chuqur yoritilgan. Shuningdek, psixolog faoliyatining ko'rinishlari va sohalari, kasbiy muhim sifatlar, psixolog shaxsi, psixolog faoliyatini nazorat qiluvchi ahloqiy me'yorlari va etik tamoyillar, psixolog kasbiy faoliyatida psixologiya metodlari va ularning ahamiyati, psixolog faoliyatini tashkil etish bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar, mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni hamda asosiy va qoʻshimcha oʻquv adabiyotlar haqida ham ma'lumot berilgan.