Тилшунослик
Ushbu dissertatsiya o‘zbek tilshunosligidagi so‘z variantlari va ularga yondosh hodisalarni o‘rganish, ularni ta’lim jarayonida o‘qitish metodikalarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Ishda so‘z variantlarining nazariy asoslari, o‘quv jarayonida ularni o‘rgatishning dolzarbligi, usullari va imkoniyatlari, shuningdek, darsliklar tahlili va ilg‘or tajribalar umumlashtirilgan. Dissertatsiyada o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar ham berilgan.