The Reflection of Nasimi`S Concepts in The Works of Atoi
Mazmuniy tahlilda Sharqning tasavvufiy adabiyoti, xususan, Atoi ijodida Nasimiy g'oyalarining aks sado bergani tahlil qilinadi. Maqola Hurufiyya mazhabining asoschisi Fazlulloh Naimiy va uning shogirdi Sayyid Imomiddin Nasimiyning Ozarbayjon va Turkiy adabiyotiga ta'siri, xususan, Atoi she'riyatida bu ta'sirning ko'rinishlari yoritilgan. Nasimiyning "Anal haq" (Men haqiqatman) g'oyasi, arab harflarining mistik ma'nolari va ularning inson yuzi bilan bog'liqligi kabi mavzular Atoi ijodida qanday aks etgani misollar bilan ko'rsatilgan. Arab harflarining o'ziga xos ramziy ma'nolari, xususan, "alif", "lom", "mim", "nun", "sod" kabi harflarning inson go'zalligini ifodalashdagi o'rni va bu holatning Hurufiyya ta'limoti bilan bog'liqligi tahlil qilingan. Shuningdek, Mansur Hallojning g'oyalari ham Nasimiy va Atoi ijodida qanday aks-sado bergani tahlil etilgan.