🔍

Data jurnalistika

Ushbu o'quv qo'llanma "Ma'lumotlar jurnalistikasi" fanining nazariy va amaliy jihatlarini o'z ichiga oladi. Unda ma'lumotlar jurnalistikasining mohiyati, uning rivojlanish bosqichlari, zamonaviy tendensiyalari, foydalaniladigan formatlar (infografika, diagramma, piktogramma, kartalar, kartogrammalar), multimedia kontentlar, hamda data-jurnalistikada foydalaniladigan vositalar va texnologiyalar batafsil yoritilgan. Qo'llanmada shuningdek, ma'lumotlar jurnalistikasining jahon tajribasi, zamonaviy ommaviy axborot vositalarida uni qo'llashning o'ziga xos jihatlari va kelajagi haqida ham ma'lumot berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 71.5%

Matematika

Ushbu kitob Oliy ta'lim muassasalarining "Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi" ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda keltirilgan mavzular oliy o'quv yurtining transport va er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi mutaxassisliklari uchun matematik fanlarning amaldagi dasturiga to'la mos keladi. Kitobda 17 ta ma'ruzadan iborat bo'lib, asosan oliy matematikaning qatorlar, ko'p o'zgaruvchili funksiyalar, differensial tenglamalar, transport masalalari va ularning matematik modeli, matematik fizika tenglamalari, ehtimollar nazariyasi elementlari haqidagi mavzularni o'z ichiga oladi. Har bir mavzuga oid tayanch so'z va iboralar, mavzuni mustahkamlash uchun savollar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 71.5%

Matematika

Ushbu darslik oliy oʻquv yurtlari bakalavr talabalari uchun matematika fanidan tayyorlangan boʻlib, unda chiziqli algebra, matematik tahlilga kirish, bir oʻzgaruvchili funksiyaning differensial va integral hisobi, koʻp oʻzgaruvchili funksiyalar, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi elementlari va matematik statistika mavzulari bayon qilingan. Har bir mavzuda asosiy tushunchalar keltirilgan, tegishli teoremalar va unga doir namunaviy misollar yechimlari bilan berilgan. Har bir bobning oxirida nazorat savollari va talabalarning mustaqil ishlari uchun mashqlar va ularning javoblari keltirilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 71.5%

Matematika

Kitobning asosiy maqsadi oliy oʻquv yurtlari bakalavriat talabalariga matematika fanini chuqur oʻrgatishdan iborat. Unda chiziqli algebra, matematik tahlil, differensial va integral hisobi, koʻp oʻzgaruvchili funksiyalar, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi elementlari va matematik statistika kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan. Har bir mavzu asosiy tushunchalar, teoremalar va namunaviy misollar bilan bayon qilingan. Boblar oxirida nazorat savollari va mustaqil ishlash uchun mashqlar hamda javoblar keltirilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 71.5%