Turli yosh davrlarida o‘zini o‘zi faollashtirishning psixologik asoslari
Ushbu dissertatsiya avtoreferati, Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Ilmiy kengash tomonidan PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengash asosida tayyorlangan bo'lib, unda Qurbonboyev Azimbek Nazirboy oʻgʻli tomonidan bajarilgan "Turli yosh davrlarida oʻzini oʻzi faollashtirishning psixologik asoslari" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi tahlil qilinadi. Avtoreferatda dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, tadqiqot metodologiyasi, xorij va mahalliy olimlarning ushbu mavzu bo'yicha olib borgan izlanishlari, tadqiqot natijalari, xulosalar va tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot oʻzbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi turli yosh davrlaridagi shaxslarda oʻzini oʻzi faollashtirishning psixologik asoslarini tadqiq etish va uni rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.