Plastmassalarni payvandlash
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi Andijon mashinasozlik instituti tomonidan tayyorlangan "Texnologik mashina va jihozlar" kafedrasi tomonidan "Plastmassalarni payvandlash" fanidan tayyorlangan amaliy mashg'ulotlar ko'rsatmasidir. Unda plastmassalarni turli usullar bilan payvandlash texnologiyalari, jumladan, elektr, ultratovush, gaz va boshqa usullar, ularning jihozlari, nazariy asoslari, rejim ko'rsatkichlari hamda payvandlash natijasida hosil bo'lgan nuqsonlar va ularni tekshirish usullari batafsil yoritilgan. Kitobda nazariy ma'lumotlar, tajriba uchun jihozlar, ishni bajarish tartibi va nazorat savollari ham keltirilgan.