Turizm
Ushbu kitob O‘zbekistonda turizmning rivojlanish tarixi, asosiy turlari, sayohatlarni tashkil etish va o‘tkazish usullari, jismoniy tarbiya va sport bilan bog‘liq jihatlari, o‘lkashunoslik va tabiatni muhofaza qilish, shuningdek, turistik texnika bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish kabi muhim mavzularni o‘z ichiga oladi. Kitobda turizmning ahamiyati, uning ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy jihatlari, O‘zbekistonning sayohatbop manzillari, Buyuk Ipak yo‘li, piyoda yurish sayohatlari, ularni tashkil etish va o‘tkazish usullari, jismoniy chiniqish, tabiatni muhofaza qilish va ijtimoiy foydali mehnat, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, turizmga oid lug‘atlar, jadvallar va ma’lumotlar keltirilgan.