Salomatlik va to’g’ri oziqlanish
Ma'ruza matni inson salomatligi va to'g'ri ovqatlanishga bag'ishlangan bo'lib, unda organizm uchun oziq moddalarning mohiyati, tarkibi va organizmdagi modda almashinuv jarayonlarida ishtiroki haqida ma'lumot beriladi. Oqsillar, yog'lar, uglevodlar, suv, vitaminlar va minerallar kabi asosiy oziq moddalarning vazifalari batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ovqatlanishning valeologik bahosi, ratsional ovqatlanishning ahamiyati va ovqatlanishning individual tartiblari haqida ma'lumotlar keltirilgan.