Tengsizliklar
Ushbu kitob tengsizliklarga bag'ishlangan bo'lib, unda turli xalqaro matematika olimpiadalarida taqdim etilgan tengsizliklarni yechish usullari keltirilgan. Kitob o'rta maktab o'quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, shuningdek, matematika o'qituvchilari va pedagogika oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada tengsizliklarni isbotlashning turli usullari, xususan, o'rta arifmetik va geometrik miqdorlar haqidagi Koshi tengsizligi, Bernulli tengsizligi, Chebishev tengsizligi va boshqa usullar qo'llanilgan. Kitobda keltirilgan masalalar yechimlari bilan to'liq yoritilgan.