Toponimika
Ushbu kitob toponimika faniga bag'ishlangan bo'lib, uning mazmuni, vazifalari, rivojlanish tarixi, geografik nomlarning kelib chiqishi va turlari, yozilishi va talaffuzi, geografiya ta'limida tutgan o'rni, O'zbekiston va Surxondaryo toponimlarining ma'nolari kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Kitob, asosan, O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida yozilgan va geografiya bo'limi talabalari hamda o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.