Bioanorganik va bioorganik kimyo
Kitob bioorganik kimyo fanining amaliy mashg'ulotlariga bag'ishlangan bo'lib, unda talabalar xalqaro SI sistemasida eritma konsentratsiyasini ifodalash usullari, kislota-asosli titrlash, oksidlanish-qaytarilish usuli bilan titrlash, eritmalar kolligativ xossalari, kislota-asosli muvozanat, kompleks birikmalar, kompleksonometrik titrlash usuli, biogen elementlar kimyosi, noorganogen elementlar, reaksiyalar kinetikasi, termodinamika asoslari, organik birikmalarning sinflanishi va nomlanishi, fazoviy tuzilishi, tutash sistemalar, aromatiklik, kislotali va asosli xossalari, uglevodorodlarning reaksion qobiliyati, biologik muhim karbon birikmalar, yog'lar va lipidlar kabi mavzularni o'rganadilar. Har bir amaliy mashg'ulot laboratoriya ishi bilan yakunlanadi.