KHK da “Xotin -qizlar milliy ko‘ylaklarini tikish”
Ushbu bitiruv malakaviy ishi kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxassislar modelini yaratish, zamonaviy oʻquv uslubiy majmualarni ishlab chiqish, oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashning ahamiyatini yoritadi. Ishda yengil sanoat yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlashning metodologik muammolari, amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishga e'tiborni qaratish lozimligi asoslandi. Bundan tashqari oʻtkazilgan nazariy va amaliy izlanishlar natijasida mavzuni modulli oʻqitishda oʻquv materialini mustaqil oʻzlashtirish uchun yetarli sharoitlar yaratilishi, oʻqitishni jadallashtirishga erishilishi, kasbga qiziqtirish asosida faollashtirish, mustaqil oʻqish imkoniyatlarini to'la ro'yobga chiqarish kabi jihatlar aniqlandi.