Оrganik kimyo
Ushbu kitob organik kimyo laboratoriyasida talabalar uchun amaliy mashg'ulotlar o'tkazish bo'yicha uslubiy qo'llanma hisoblanadi. Qo'llanmada organik birikmalarni ajratish, tozalash, sintez qilish, ularning sifat va miqdoriy analizini o'tkazish usullari batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda laboratoriya ishlarida xavfsizlik qoidalari, reaktivlar bilan ishlash tartibi va zaruriy asbob-uskunalar haqida ma'lumotlar keltirilgan.