Specificity of diplomacy language in non related cultures
Ushbu ish diplomatik tilshunoslik va diplomatik yozishmalar tilining lingvistik, tarkibiy o'ziga xos jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda diplomatiyaning lingvistik va ekstralingvistik jihatlari, jumladan, diplomatik til va uning rivojlanish tarixi, diplomatik yozishmalar tili, madaniyatlararo aloqalar va tarjima masalalari, shuningdek, diplomatik muloqotda tilning roli yoritilgan. Kitobda rasmiy hujjatlar, diplomatik etiket qoidalari, muloqot uslublari va zamonaviy diplomatik tilning xususiyatlari haqida ham ma'lumot berilgan. Diplomatiyada tilning ahamiyati, tilning nozik jihatlari va samarali muloqot texnikalari atroflicha ko'rib chiqilgan.