Garmonik funksiya va uning xossalari
Ushbu kitobda kompleks analizning muhim bir qismi bo'lgan garmonik funksiyalar va ularning xossalari atroflicha o'rganilgan. Kitobda garmonik funksiyaning ta'rifi, ularning analitik funksiyalar bilan bog'liqligi, qo'shma garmonik funksiyalarni topish usullari, shuningdek, garmonik funksiyalarning ayrim xossalari, xususan maksimum va minimum haqidagi teoremalar ko'rib chiqilgan. Nazariy materiallar misollar bilan mustahkamlanadi.