Muhit va xarakter
Maqolada Eldor Xudoyberdiyevning Erkin A'zam ijodiga bag'ishlangan adabiyotshunoslikdagi qarashlari o'rganilgan. Erkin A'zamning asarlarida inson xarakterining shakllanishi, muhitning ta'siri, zamonaviy nasrdagi o'zgarishlar tahlil qilingan. Shuningdek, yozuvchining qahramonlar yaratish mahorati, ularning ruhiy olami va turmush tashvishlari tasvirlangan. Asarlarning tahlili orqali Erkin A'zamning o'ziga xos uslubi va adabiy merosiga oid xulosalar berilgan.