Topografiya asoslari va kartografiya
Ushbu kitob topografiya va kartografiya fanlarining asosiy tushunchalari, vazifalari va usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda Yerning shakli va kattaligi, kartografik proyeksiyalar, relyefni tasvirlash usullari, kartografik generalizatsiya, plan olish, nivelirlash va kompas bilan ishlash kabi mavzular batafsil yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari va topografiya, geodeziya, kartografiya sohalariga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.