Pedagogika
Ushbu kitob "Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat" fanidan olingan bo'lib, o'qituvchi-pedagogning zamonaviy va psixologik jihatdan rivojlangan faoliyatini, uning nazariy va amaliy jihatlarini, pedagogik mahoratning shakllanishi va rivojlanishini, pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlarini, o'qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasini, pedagogik texnikani, innovatsion faoliyatni hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish usullarini o'z ichiga oladi. Ushbu kitobda pedagogik texnologiyalarning turlari, rivojlanishi, zamonaviy tuzilmasi hamda o'qituvchi mahorati va madaniyati masalalariga chuqur urg'u berilgan.