(A)shm va (B)shm funksiyalarning ekvivalentligi
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti (A)shm, (B)shm, (A)m-cv va m-cv funksiyalar sinflarini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, ularning oʻzaro tengligi va mos kelishi masalalarini tadqiq etadi. Tadqiqotda mazkur funksiyalar sinflarining xossalari, ular orasidagi bog'liqliklar hamda aniq shartlar ostida tengligi yoki teng emasligi to'g'risidagi teoremalar keltirilgan va isbotlangan. Tadqiqot natijalari matematika va fizikaning turli sohalarida, xususan, potensiallar nazariyasi va matematik fizikada qoʻllash uchun ahamiyatli hisoblanadi.