Egri chiziqlar
Ushbu bitiruv malakaviy ishi egri chiziqlar nazariyasini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, unda tekislikdagi va fazodagi egri chiziqlarning ta’riflari, xossalari, turlari hamda ularning tenglamalari keltirilgan. Bundan tashqari, ishda egri chiziqlarning urinmalari, egriliklari, buralishlari kabi geometrik xarakteristikalari ham koʻrib chiqilgan. Ishning asosiy qismini ikkinchi tartibli egri chiziqlar – ellips, giperbola va parabola tashkil etadi. Ularning ta’riflari, kanonik tenglamalari, fokuslari, direktrissalari va boshqa elementlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, Bernulli lemniskatasi, Arximed spirali kabi ajoyib egri chiziqlar ham koʻrib chiqilgan.